2025 yilning yanvar-iyun oylarida Özbekistonda işga tuşirilgan maktablar soni 68 tani taşkil etdi, deya xabar berdi Milliy statistika qömitasi.
Hududlar böyiça yangi maktablar soni quyidagiça:
- Andijon viloyati – 35 ta;
- Buxoro viloyati – 19 ta;
- Xorazm viloyati – 7 ta;
- Namangan viloyati – 6 ta;
- Qoraqalpoğiston – 1 ta.
Iqtisodçi Otabek Bakirov birinçi yarim yillikda poytaxt Toşkentda bironta yangi maktab işga tuşmaganiga e’tibor qaratdi.
“Ötgan öquv yili boşlanişi oldidan Özbekistonda 1,7 mln öquvçi örni yetişmovçiligi mavjud edi. 2024/2025 öquv yilida 455,2 ming nafar öquvçi maktablarni bitirdi. Yangi öquv yilida 738 ming öquvçi 1-sinfga çiqadi. Ya’ni maktab öquvçilar soni 282,8 mingga oşadi. Qurilayotgan maktablar haqidagi ma’lumotlar inobatga olinsa, öquvçi örni yetişmovçiligi yanada oşadi, ayniqsa Toşkent va yirik şaharlarda. Maktab vazirligi maktablarning quvvati va 2 va 3 smenada işlaydigan maktablar haqidagi ma’lumotlarni rasmiy sahifasiga joylamagan. 2 yil avvalgi statistikaga köra, 75,5 foiz maktablar 2- va 3- smenada öqişga majbur edi”, deya yozdi iqtisodçi.
2025 yilning birinçi yarim yilligida qurib bitkazilgan maktablarning qariyb yarmi Andijon viloyati hissasiga töğri kelgan. Özbekistonning 9 ta hududida, xususan, Toşkent şahrida bironta yangi maktab işga tuşmagan.
“Oxirgi 1 yilda Toşkent şahri aholisi 70 mingga köpaygan. Oxirgi 7 yilda 663,5 mingga. Bunga Toşkent şahriga tutaş Qibray, Toşkent, Zangiota, Quyi Çirçiq va Yuqori Çirçiq tumanlaridan kelib öqiydiganlarniyam qöşiş kerak. Ta’limdagi rahbarlarda poytaxtda tobora kuçayib borayotgan maktab yetişmovçiligini “xususiy maktablar yeçadi” qabilidagi notöğri qaraş şakllangan”, deya qöşimça qildi Bakirov.











