Germaniya federal prokuraturasi AQŞ fuqarosi Martin D.ga qarşi josuslikda ayblov qöydi. Erkakni xorijiy razvedka xizmati agenti sifatida işlaganlikda gumon qiliş uçun yetarli asoslar bor, deb xabar berdi Karlsruedagi idora.
2017 yildan 2023 yilning bahorigaça Martin D. AQŞ Mudofaa vazirligining fuqarolik pudratçisida işlagan. Nemis rasmiylariga köra, erkak 2020 yildan beri Germaniyadagi AQŞ harbiy bazasida mehnat qilgan. 2024 yil yozida ayblanuvçi Xitoy davlat idoralari bilan bir neça bor boğlanib, AQŞ harbiylariga oid maxfiy ma’lumotlarni Xitoy razvedkasiga yetkazişni taklif qilgan, deya ma’lumot berildi.
Martin D. 2024 yil 7 noyabrdan beri hibsga oliş orderi asosida qamoqda saqlanmoqda. Xabar e’lon qilingan paytda AQŞ va Xitoy rasmiylari nemis tomoni qöygan ayblovlarga izoh bermadi.











