Boston Consulting Group bilan birgalikda işlab çiqilgan Qoraqalpoğiston Respublikasini 2035 yilgaça rivojlantiriş strategiyasi beş yillik batafsil dastur asosida amalga oşiriladi. Dasturni moliyalaştiriş uçun natijaga asoslangan moliyalaştiriş tizimi (PforR) böyiça 150-200 mln dollar miqdorida xorijiy mablağlar jalb qilinadi.

Hujjatda 2025-2026 yillar uçun asosiy maqsadli körsatkiçlar belgilandi. Jumladan, yalpi hududiy mahsulot ösişini 6-6,5 foizga, sanoat işlab çiqarişi hajmini 5-6 foizga, xizmatlar bozorini esa 15-17 foizga oşiriş rejalaştirilgan.

Sanoat sohasida:

  • yuklatilgan majburiyatlarni töliq bajargan kiçik va yoşlar sanoat zonalari iştirokçilariga sanoat zonalaridagi faoliyati muddatidan qat’i nazar, ularga berilgan bino-inşootlarni (yoki ularning bir qismini) töliq xususiylaştiriş huquqi beriladi;
  • sanoat zonalaridagi yuridik şaxslar uçun xususiylaştiriladigan yer uçastkasining sotib oliş narxi Nukus şahrida 1 baravar, boşqa hududlarda 0,5 baravar yuridik şaxslardan olinadigan yer soliğining bazaviy stavkasi miqdoridan kelib çiqib belgilanadi;
  • 2025 yil 1 oktyabrdan boşlab oçiq usulda foydali qazilmalar qazib olişni taşkil etuvçi tadbirkorlik sub’yektlariga yer qa’ri uçastkalaridan foydalaniş huquqi uçun ruxsatnomalar berişga oid auksionda tölov taklif etilgan summani bölib-bölib tölaş imkoni beriladi.

2025 yil yakuniga qadar Xitoy tajribasiga tayangan holda Kambağallikni qisqartiriş va bandlik sohasidagi loyihalarni boşqariş markazi har biri kamida 5 gektar maydonli issiqxonalar quradi. Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan oilalardan talabgorlarga uçastkalar 2 yil muddatga ijaraga beriladi.

Bunda yillik ijara haqi yer uçastkasi maydonidan kelib çiqib yuridik şaxslardan olinadigan yer soliği böyiça hisoblangan summasining 10 foizi miqdorida belgilanadi.

"Yaşil" tamoyil asosida tasdiqlangan röyxat böyiça 11 ta ijtimoiy soha obektini quriş va ta’mirlaş işlari amalga oşiriladi.

Şuningdek, hujjatda Qoraqalpoğistonda doimiy yaşovçi va umumiy örta, örta maxsus, kasbiy ta’lim muassasalarini tamomlagan yoşlar uçun tartib belgilandi:

  • 2025-2026 öquv yilidan boşlab keyingi 3 öquv yili davomida davlat oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida öqiş uçun qöşimça 500 ta kvota ajratiladi;
  • respublika hududida faoliyat yurituvçi nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ularning filiallarida davlat granti asosida öqiş uçun har yili qöşimça 200 ta kvota ajratiladi.