Ukrainada 18-22 yoşli erkaklar uçun davlat çegarasini kesib ötişning yangi qoidalari joriy etildi. «Mamlakatda joriy etilgan harbiy holatga qaramay, 18 yoşdan 22 yoşgaça bölgan erkaklar çegarani tösiqsiz kesib ötişi mumkin böladi. Bu tegişli yoşdagi barça fuqarolarga taalluqlidir. Bu qaror turli sabablarga köra xorijda qolgan fuqarolarga ham taalluqlidir», — dedi Ukraina boş vaziri Yuliya Sviridenko 26 avgust, seşanba kuni.

«Biz ukrainaliklar imkon qadar Ukraina bilan aloqalarini saqlab qolişini istaymiz», deb işontirdi boş vazir. Uning sözlariga köra, özgartirişlar qaror rasmiy e’lon qilingan kundan keyingi kun kuçga kiradi. Hozirgaça Ukrainada Rossiya tomonidan keng kölamli uruş boşlanganidan beri amalda bölgan harbiy holatda 60 yoşgaça bölgan katta yoşli erkaklarning mamlakatni tark etişi taqiqlangan.

Ukraina içki işlar vaziri Igor Klimenko ayrim yoşdagi erkaklar uçun çegarani kesib ötiş qoidalarini yumşatiş sabablarini aytib ötdi. «Uşbu qadamdan közlangan maqsad, birinçi navbatda, ukrainalik yoşlarga xorijda ta’lim oliş, amaliyot ötaş va qonuniy işga joylaşiş uçun kengroq imkoniyatlarni taqdim etişdir. Bu ular töplagan tajribalarini keyinçalik Ukraina taraqqiyoti yölida qöllaşi uçun zarur», — deb yozdi rasmiy özining Telegram-kanalida.