28 avgust kuni soat 08:09 da  Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasida elektromobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 08:15 da yetib borib, yong‘in soat 08:19 da o‘chirildi.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.