Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
EY: Germaniya avtosanoati bir yilda 50 000 ish joyini qisqartirdi
Iqtisodiy inqiroz Germaniya avtosanoatiga eng og‘ir ta’sir ko‘rsatdi. Sanoat tejamkorlik choralari bilan javob bermoqda. EY mutaxassislari muhandislik fakulteti bitiruvchilari orasida ishsizlik ortib borayotgani haqida ogohlantirmoqda.
Foto: Volkswagen
Iqtisodiy inqiroz Germaniya avtosanoatiga eng og‘ir ta’sir ko‘rsatdi. O‘tgan yilning o‘zida u 51,5 mingga yaqin ish o‘rnini qisqartirdi. EY auditorlik kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan «Sanoat barometri» yangi tadqiqotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich sanoatdagi barcha ish o‘rinlarining qariyb 7 foiziga to‘g‘ri keladi.
Nemis avtomobil ishlab chiqaruvchilari sanoatdagi vaziyatga tejamkorlik choralari bilan javob berishga majbur. Germaniya avtosanoatiga nemis ishlab chiqaruvchilari uchun asosiy eksport bozori bo‘lgan Xitoydagi elektromobillar bumi ta’sir ko‘rsatdi. Nemis kompaniyalarining aksariyati Xitoy kompaniyalari bilan raqobatlashishga tayyor emas, deya Reuters tadqiqot natijalaridan iqtibos keltiradi.
Bundan tashqari, Germaniya avtosanoatining ahvoliga energiya narxining oshishi, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan joriy etilgan Yevropa Ittifoqidan AQShga mahsulotlar importiga tariflar ham ta’sir ko‘rsatgan, deyiladi EY tadqiqotida. Shu bilan birga, Yevropa bozoridagi talab 2019 yil darajasidan pastligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
09:37 / 26.12.2025
Rossiya TIV rossiyaliklarni Germaniyaga safar qilmaslikka chaqirmoqda
16:37 / 25.12.2025
Rossiya uchun diversiya tayyorlaganlikda ayblanayotgan ukrainalik Germaniyaga topshirildi
11:48 / 24.12.2025
WDR: Germaniya tashqi razvedkasi rahbari Narishkin bilan telefonda gaplashgan
12:57 / 23.12.2025