Germaniya hukumatining 2015 yilda Yaqin Şarqdan bir neça yuz ming qoçqinni qabul qiliş qaroriga «muqobil variant yöq edi», dedi Germaniya hukumatining sobiq rahbari Angela Merkel 27 avgust, çorşanba kuni Augsburger Allgemeine gazetasi tomonidan taşkil etilgan oqşomda. «Biz çegaraga suv purkagiçlar bilan borarmidik? Öşanda qadriyatlarimizga nima bölardi?» — dedi Merkel 2015 yilda uruşdan qoçgan yuz minglab Suriya fuqarolarini qabul qiliş qarori haqida gapirar ekan.
Uning sözlariga köra, Berlinning migratsiya siyosatida «e’tibordan çetda qoldirib bölmaydigan kamçiliklar mavjud», biroq «kelganlarning köpçiligi ham nimagadir erişgan». «Albatta, jarayon hali yakunlangani yöq, köp narsa yaxşilandi, lekin hali qiladigan işlarimiz köp», — dedi Merkel. U 2015 yilda Germaniyani tark etişga majbur böladiganlarni çiqarib yuboriş qançalik qiyin bölişini oldindan köra bilmaganini tan oldi. Migratsiya muammolariga Yevropa darajasida birgalikda qarşi turiş kerak va «bizning Yevropa Ittifoqimiz zaiflaşmasligi kerak, çunki biz umumiy yeçim topa olmayapmiz», dedi sobiq kansler.
Ön minglab qoçqinlar 2015 yilning yozida Germaniyaga «Bolqon yöli» deb atalgan yölak orqali kirib kelgan. Öşa yili mamlakatga yöl olgan muhojirlarning umumiy soni 800 ming kişini taşkil qilgan. Xristian-demokratik ittifoqning öşa paytdagi raisi va Germaniya kansleri Angela Merkel köpçiligi Suriyadan bölgan yangi kelganlarga mamlakat kirişga ruxsat berişni buyurib, «Biz buni uddalaymiz» (Wir schaffen das), deya ma’lum qilgandi.











