O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 mln bo‘ldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 2025 yilning 28 avgust kuni soat 9:35 holatiga O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 38 000 000 kishiga yetdi. 

Bunda:

  • erkaklar soni – 19 136 800 nafar;
  • ayollar soni – 18 863 200 nafar.

O‘zbekistonning doimiy aholisi sonida erkaklar soni ayollarga nisbatan 273 600 nafarga ko‘p.