Vengriya hukumati Bryusselning muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga harbiy yordamni moliyalaştiriş uçun foydalaniş töğrisidagi qarori ustidan Yevropa Ittifoqi sudiga murojaat qildi, deb xabar berdi Portfolio 27 avgust, çorşanba kuni.

Budapeştning Yevropa Ittifoqi kengaşi va Yevropa tinçlik jamğarmasiga qarşi da’vo arizasi iyul oyida berilgan, sud tomonidan 25 avgust kuni körib çiqiş uçun qabul qilingan va Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida çop etilgan.

Da’vo Yevropa Kengaşining 2024 yil may oyidagi qaroriga taalluqli. Öşanda YeI rasmiylari Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tuşgan deyarli barça daromadlarni Yevropa tinçlik jamğarmasiga ötkazişga qaror qildi va bu fonddan YeI a’zolari Ukrainaga harbiy yordami uçun tovon puli tölaydi. Bu yiliga 3 milliarddan 5 milliard yevrogaça daromad oliş uçun doimiy manba bölib xizmat qiladi.

Vengriya qaror ovoz beriş tartib-qoidalarisiz qabul qilingan va Budapeştning vetosi Vengriya «yiğim tölovçi a’zo davlat» emasligi sababli e’tiborga olinmagan deb hisoblaydi.