Özbekistonda yangi öquv yili boşlanişiga sanoqli kunlar qoldi. Bozor esa xaridorlar bilan gavjum. Boisi köpçilik farzandini maktabga tayyorlaş bilan ovora. Xöş, ota-onalar farzandining maktab formasi, öquv qurollariga qança mablağ sarflayapti? Kun.uz muxbiri Toşkent şahrida kiçik sörovnoma ötkazdi.

Respondentlarga köra, kiyim-keçak va öquv qurollari uçun bir nafar bolaga örtaça 1 mln 200 ming söm ketmoqda.

“Ikki nafar farzandimga 2 million olib keldim. Ötgan yili 1,2 mln söm ketgandi. Endi bularning oldingi yilgi kiyimlari borligini hisobga olib, ba’zilarini (kiyim) sotib olmayapman. Narx-navolar ötgan yilgidan qimmatroq baribir. Farzandlarimga, özimning talabimdan kelib çiqib, Turkiya va Xitoy mahsulotlarini olib beraman”, – deydi suhbatdoş.

Ayrim ota-onalar bir nafar farzandining kiyimiga 1,5 mln sömgaça pul sarflaganini, öquv qurollariga qöşimça mablağ talab etilişini bildirdi.

“Ikki nafar bolaga 3 million söm ketdi. Öquv qurollari alohida olinyapti. Bunga 1,5 mln söm ajratdim. Narx ötgan yilga nisbatan sal qimmatlagan”, – deydi respondentlardan biri.