Uruş tugaganidan keyin Ukraina uçun ğarb xavfsizlik kafolatlarini ta’minlaşga qöşgan hissasi sifatida Qöşma Ştatlar mamlakatga Amerika qöşinlarini yubormasdan razvedka va havo mudofaasi sohasida hamkorlik qilişga tayyor. Bu haqda Financial Times gazetasi nomi oşkor etilmagan Yevropa va Ukraina rasmiylariga tayanib xabar berdi.
Ötgan hafta AQŞ prezidenti Donald Tramp Yevropa yetakçilariga uning mamlakati Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlarini ta’minlaş böyiça sa’y-harakatlarni muvofiqlaştirişga yordam berişga tayyorligini aytdi. Öşandan beri AQŞning yuqori martabali rasmiylari yevropalik hamkorlar bilan bölgan köplab suhbatlarida Vaşington «strategik imkoniyatlar»ni, jumladan, Yevropa boşçiligidagi har qanday kuçlarni yerga joylaştiriş uçun kuzatuv va razvedka, qömondonlik va havo hujumidan mudofaa imkoniyatlarini taqdim etişga tayyorligini ta’kidladi, dedi munozaralardan xabardor tört manba.
Ayni paytda, Yevropa rasmiylari şaxsiy suhbatlarda Ukrainaga har qanday harbiy kuçlarni joylaştiriş faqat AQŞ kömagida amalga oşirilişi mumkinligini tan oldi, deb yozadi naşr. Vaşington allaqaçon Kiyevni Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlab kelmoqda, biroq uruşdan keyin Ukrainaga kömak AQŞ samolyotlari, logistika va yerusti radar tizimlarini öz içiga oladi, bu esa Yevropa kuçlariga osmonni yopiş va Ukraina uçun havo qalqoni yaratişga yordam beradi, deya öz suhbatdoşlaridan iqtibos keltirmoqda jurnalistlar.











