RF qurolli kuchlari 28 avgustga o‘tar kechasi Kiyevga raketalar va dronlar bilan navbatdagi yirik hujumini uyushtirdi. Raketalardan biri Darnitskiy rayonidagi Borispolskaya ko‘chasida joylashgan besh qavatli turar joy binosiga kelib tushgan, u deyarli butunlay vayron bo‘lgan.
Ukraina rasmiylarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyevda kamida 23 kishi halok bo‘lgan, ularning aksariyati Darnitskiy rayonidagi ko‘p qavatli uyda yashovchilar bo‘lishgan. O‘nlab kishilar yaralangan. Xarobalar ostida odamlar qolgan bo‘lishi mumkin, IIV bir necha kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblayotganini xabar qilgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya «muzokaralar stoli o‘rniga ballistikani, urushni tugatish o‘rniga qotilliklarni davom ettirishni tanlayotgani»ni aytdi. Kiyevda 29 avgust Rossiya hujumi qurbonlari xotirasiga motam kuni deb e’lon qilindi. Quyida RF qurolli kuchlarining Kiyevga zarbasi oqibatlari aks etgan suratlar.

Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images



Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images


Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA




















