Safar doirasida institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda institutning ilmiy-tadqiqot faoliyati, xususan bog‘dorchilik, o‘simliklar genetikasi, biotexnologiya, tuproqshunoslik va agrotexnika sohalaridagi innovatsion loyihalari xususida fikr almashildi.
O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi va eksport salohiyatini oshirish maqsadida institutning ilmiy-amaliy tajribasini o‘rganish va qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi. Ayniqsa, mahsulotlarni eksport qilish jarayonida innovatsion texnologiyalar va yuqori zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalari va InHort instytut ogrodnic instituti o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.











