Qaçon taksi çaqirgan ma’qul?
Yandex Go ötgan yilgi xizmatdan foydalaniş ma’lumotlariga asoslanib, 2 sentabr kuni taksi buyurtma qiliş uçun eng maqbul vaqtni tahlil qildi*. Öquv yilining birinçi kunida odamlar soat 6:25 dan boşlab faol ravişda maşina çaqirişadi, şuning uçun bu vaqtdan 10–15 daqiqa oldin safarni buyurtma qilgan ma’qul. Eng yuqori talab soat 7:30 atrofida kuzatiladi. Söng soat 8:05 dan 8:20 gaça talab biroz pasayadi, va bu vaqtda safar narxi ham biroz arzon bölişi mumkin. Talab odatda soat 8:45 dan keyin pasayadi.
Safar narxi nimalarga boğliq?
Yölkira haqi tariflar asosida şakllanadi — ya’ni 1 kilometr va 1 daqiqa harakatlaniş uçun belgilangan narxlar. Sentyabr boşlarida uşbu tariflar özgarmaydi. Biroq safarning yakuniy narxiga talab darajasi va xizmatda böş haydovçilar soni ham ta’sir qiladi: agar safar qilmoqçi bölganlar soni haydovçilar sonidan köp bölsa, narx oşişi mumkin.
Birinçi öquv kunida talab ança ortişi mumkin — ota-onalar bolalarini bayram tadbirlariga olib borişga şoşilişadi. Haydovçilarning ba’zilari ham farzandlarini maktabga olib borişlari sababli, ulardan ayrimlari şu kuni işlamasligi mumkin. Bunday holatda, talab va taklif örtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etiş va haydovçilarni faol hududlarga jalb qiliş maqsadida, xizmatda narxlarni vaqtinça oşiruvçi koeffitsiyent avtomatik ravişda yoqiladi. Bu — vaqtinça çora bölib, safarni tezda amalga oşirişi kerak bölgan foydalanuvçilar uçun imkoniyat yaratadi. Haydovçilar soni yetarli bölgandan söng narxlar yana oddiy holatga qaytadi.
Layfxaklar: qanday qilib yölkirani tejaş mumkin?
1.Talab indeksiga e’tibor bering
Yandex Go ilovasida real vaqtda talab darajasini körsatuvçi maxsus indikator — talab indeksi mavjud. Uni ilovaning boş ekranida, çap yuqori burçakda köriş mumkin. Agar xizmatda yetarliça böş maşina bölsa, indikator yaşil böladi va safar narxi odatdagidek böladi. Agar talab yuqori bölsa, indikator sariq yoki qizil rangga kiradi va narx oşib ketişi mumkin.
2. “Birgalikda” tarifidan foydalaning
Agar taksida hamroh bilan ketiş imkoni bölsa, “Birgalikda” tarifini tanlaş orqali yölkirani tejaş mumkin.
3. Töliq soatlarda emas, balki 5–20 daqiqa oldin maşina çaqiring










