29 avgust kuni 5 ta xususiy universitet faoliyatini kengaytirişga litsenziya oldi, lekin Oliy ta’lim vazirligi bunga “Lisenziya” axborot tizimidagi texnik nosozlik sabab bölganini aytib çiqdi. Adliya vazirligi nosozlik bölganini rad etdi.

Kun.uz bu haqda bergan xabarida Abu Rayhon Beruniy universiteti bilan boğliq bir yil avvalgi holatni eslagandi. Oliy ta’lim vazirligi uşbu universitetning litsenziyasi ham “texnik nosozlik sababli xato berilgan” degan vaj bilan uni bekor qiliş haqida sudga ariza kiritgan, lekin yutqazgan.

Ma’lum bölişiça, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat qilib, javobgar “Abu Rayhon Beruniy Universiteti” NTMga 2024 yil 21 avgust sanasida nodavlat ta’lim xizmatlarini kŭrsatish uçun berilgan 363695-sonli litsenziyasini bekor qilişni sŭragan.

Toşkent tumanlararo iqtisodiĭ sudining 2024 yil 19 noyabrdagi hal qiluv qarori bilan arizani qanoatlantiriş rad etilgan. Şundan söng bu iş yuqori instansiyalarda qayta körilmagan.

Ayni paytda Abu Rayhon Beruniy universitetining litsenziyasi faol bölib turibdi. Uni uşbu havola orqali köriş mumkin.