Vaşingtonda joylaşgan AQŞ apellyatsiya sudi bölingan tarkibda juma kuni Donald Trampning aksariyat tariflari noqonuniy ekanini hukm qildi. Bu haqda xabar bergan Reutersʼning yozişiça, uşbu qaror Trampning tariflarni xalqaro iqtisodiy siyosatning asosiy vositasi sifatida qöllaşini zaiflaştiradi.

Sud tariflarning 14 oktyabrgaça kuçda qolişiga ruxsat berdi, şunda Tramp ma’muriyati AQŞ Oliy sudiga şikoyat qiliş imkoniyatiga ega böladi.

«Tramp özining ikkinçi prezidentlik muddatida tariflarni AQŞ taşqi siyosatining tayançiga aylantirdi. Ularni siyosiy bosim vositasi sifatida qöllab, AQŞga mahsulot eksport qiladigan davlatlar bilan savdo şartnomalarini qayta körib çiqdi. Tariflar Tramp ma’muriyatiga savdo hamkorlaridan iqtisodiy yon berişlar olişda qöl keldi, biroq moliya bozorlarida beqarorlikni ham kuçaytirdi», deyiladi xabarda.

Foto: Reuters

Tramp qarorni «yuqori darajada partiyaviy» sud qarori deya tanqid qildi. «Agar bu tariflar bekor qilinsa, mamlakat uçun mutlaq falokat böladi», deb yozdi u. Şunga qaramay, u qaror bekor qilinişini taxmin qildi va Oliy sud yordamida tariflar mamlakatga foyda keltirişini aytdi.

AQŞ Federal okrug apellyatsiya sudining 7 ga 4 ovoz bilan qabul qilingan qarori Trampning savdo uruşi doirasida aprel oyida joriy qilgan «özaro» tariflari, şuningdek fevral oyida Xitoy, Kanada va Meksikaga qöyilgan alohida tariflarning qonuniyligini körib çiqdi. Sud qarori boşqa huquqiy asoslarda joriy qilingan tariflarga, masalan, Trampning pölat va alyuminiy importiga qöygan tariflariga taalluqli emas.

Tramp bugunga qadar joriy qilgan bojlarini — 1977 yilda qabul qilingan Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar töğrisidagi qonun (IEEPA) bilan asoslagan. Uşbu qonun prezidentga favqulodda vaziyatlarda «noodatiy va favqulodda» tahdidlarga qarşi çoralar köriş vakolatini beradi.

Foto: EPA

Sud esa