Muloqot avvalida O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida va qulay investitsiya muhitini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar hamda imkoniyatlar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

Ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, xususan, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturini yo‘lga qo‘yish, universitet rahbariyatining O‘zbekistonga safarini tashkil etish, mamlakatda Al-Ain University filialini ochish uchrashuvning asosiy mavzusi bo‘ldi.

Universitet raisining o‘rinbosari Nur Aldin Atatrex takliflarni qo‘llab-quvvatlash barobarida, O‘zbekistonda uy-joy qurilishi va sog‘liqni saqlash sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirdi.

Al Ain University 2004 yil tashkil etilgan. Universitetning ikkita asosiy kampusi bor. Ulardan biri BAAning Al-Ayn shahrida, ikkinchisi esa Abu-Dabi shahrida joylashgan. Universitet muhandislik, farmatsevtika, tibbiyot, huquq, ta’lim va ijtimoiy fanlar, biznes, ommaviy kommunikatsiyalar kabi yo‘nalishlarda malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.