Xususan, Riga shahriga pul topish maqsadida kelgan K.F. sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch keladi va ishsiz qoladi. Shu munosabat bilan u elchixonaga O‘zbekistonga qaytishida amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Diplomatlar Latviya Migratsiya xizmati xodimlari bilan muzokaralar o‘tkazdi va vatandoshning O‘zbekistonga qaytishi bilan bog‘liq hujjatlarni tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatdi. Elchixona va Xalqaro migratsiya tashkilotining Rigadagi vakolatxonasi ko‘magida hamyurtimiz vaqtincha turar joy bilan ta’minlandi. Shuningdek, uning vatanga qaytishi uchun aviachipta sotib olib berildi.
Fuqaro Rigadan O‘zbekistonga Uzbekistan Airways aviareysida kuzatib qo‘yildi.







