Germaniya kansleri Fridrix Mers Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi «yana köp oylar davom etişini» inkor etmadi. Bu haqda Germaniya hukumati rahbari 29 avgust, juma kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Tulonda Germaniya va Fransiya hukumatlararo maslahatlaşuvlari yakunlari böyiça ötkazilgan qöşma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Mersning sözlariga köra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin özini faqat Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan töğridan töğri muzokaraga tayyordek körsatgan. «Men birgalikda – biz, ya’ni yevropaliklar Amerika hukumati bilan birgalikda keyingi qadamlarni har tomonlama muhokama qilişimizni qat’iy qöllab-quvvatlayman», — deya Germaniya kansleri sözlarini keltirmoqda dpa.
«Agar Putin va Zelenskiy örtasidagi uçraşuv duşanba kunigaça bölib ötmasa, Putin (AQŞ prezidenti Donald) Trampni aldagani ma’lum böladi», — deya qöşimça qildi Makron va kelgusi dam oliş kunlari Mers bilan birgalikda Oq uy rahbari bilan buni muhokama qiliş niyatida ekanini ta’kidladi.











