Rossiyaning Boltiq dengizida davom etayotgan gibrid operatsiyalari fonida Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful Daniya va Boltiqböyi davlatlari bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuçaytiriş niyatida ekanini ma’lum qildi. U Germaniya taşqi işlar vazirligi rahbari sifatida Estoniya va Daniyaga birinçi rasmiy taşrifi oldidan «Boltiqböyi mintaqasining xavfsizligi Germaniyaning ham xavfsizligidir», dedi.

Germaniya Taşqi işlar vazirligi tomonidan tarqatilgan yozma bayonotda Vadeful: «Xavfsizlik tahdidi ayniqsa Boltiq dengizi mintaqasida kuçli. Rossiyaning «soya floti» u yerda özining qora işlarini qilmoqda. Ular kabellarni kesib, GPS-signallarini tösib qöymoqda — u yerda biz Rossiya gibrid tajovuz qiliş uçun işlatadigan asboblar arsenalini köryapmiz», dedi.

Germaniya diplomatiyasi rahbari Estoniya va boşqa Boltiqböyi mamlakatlari bu xavf haqida ançadan beri ogohlantirib kelganini eslatdi. «Yevropa Ittifoqi va NATOda biz ularning tajribasidan foydalanamiz. Biz bu hamkorlikni yanada mustahkamlamoqçimiz», — dedi Yoxann Vadeful.