Yevropa Ittifoqida Kiyev va Moskva örtasida tinçlik bitimi tuzilgan taqdirda Ukraina Qurolli kuçlari harbiylarini Ukrainaning özida tayyorlaş ğoyasi «keng qöllab-quvvatlanmoqda». Bu haqda 29 avgust, juma kuni YeI mudofaa vazirlarining Kopenhagendagi norasmiy uçraşuvi yakunlari böyiça Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas ma’lum qildi. Bu qadam, Kallasga köra, ğarbning Kiyev uçun xavfsizlik kafolatlari bir qismiga aylanişi mumkin. Yevropa Ittifoqining harbiy tayyorgarlik missiyasi kengayişi, şuningdek, Ukrainadagi harbiy akademiyalar va boşqa ta’lim muassasalarida yevropalik instruktorlarning işini ham istisno etmaydi.
Şu kungaça 80 mingdan ortiq ukrainalik askarlar Yevropa Ittifoqida öqitildi, deb xabar beradi AFP. Kallas potensial tinçlik şartnomasidan söng Ukrainaga instruktorlar yuboriş tarafdori bölgan davlatlar nomiga aniqlik kiritmadi.
Öz navbatida, Polşa mudofaa vaziri örinbosari Pavel Zalevskiy Kopenhagendagi uçraşuv yakunlari böyiça Varşava «hali ham Ukrainaga qöşin jönatiş va quruqlikdagi operatsiyada qatnaşiş niyatida emasligi», lekin Ukrainada tinçlikparvar qöşinlar bazasi bölişga, logistika ta’minotini taşkil etişga va Ukraina osmonini himoya qiladigan samolyotlar uçun aerodromlar berişga tayyorligini aytdi.











