Qişloq xöjaligi vazirligi «paxta terimi uçun 1 kilogrammiga 1 800 söm tölanişi» haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Unga köra, joriy yilda paxta terimi narxlari quyidagiça belgilandi:

  • Maşina yordamida terilgan paxtaning 1 kilogrammi uçun – 1 373 söm;
  • Qöl mehnati bilan terilgan paxtaning 1 kilogrammi uçun – 2 000 söm tavsiyaviy narx belgilangan bölib, terim vaqtida klaster, fermer xöjaligi rahbarlari va terimçilar örtasida özaro kelişuv asosida terim narxi mustaqil belgilaş amaliyoti ham qöllanadi;
  • Şuningdek, paxta yetiştiriş xarajatlarini qoplaş maqsadida davlat budjeti hisobidan 1 kilogramm paxta uçun 1 000 söm subsidiya ajratiladi.

Uşbu tartib paxta yetiştiruvçilar manfaatini himoya qiliş, terimçilar mehnatini rağbatlantiriş va agrar sohada barqarorlikni ta’minlaşga qaratilgan.

«Şu bois, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan “1 kg – 1 800 söm” haqidagi xabar haqiqatga töğri kelmaydi va rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlanmagan.

Qayd etiş kerakki, paxta terimi narxlari jamoatçilikka faqat rasmiy manbalar orqali yetkaziladi. Turli taxminlar va tekşirilmagan xabarlar jamiyatni çalğitişi bilan birga, amaldagi qonunçilikka muvofiq javobgarlikka sabab bölişi mumkin.

Şu munosabat bilan ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlardan axborot tarqatişda xolislikka amal qiliş, jamoatçilikni çalğituvçi notöğri ma’lumotlarni tarqatmaslik söraladi», – deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib ötamiz, 2024 yil kuzida qölda terilgan paxtaning har bir kilogrammi uçun 2500 sömdan haq tölanişi ma’lum qilingandi.