«Özgidromet» Özbekistonda kuz faslining birinçi oyi odatda qanday bölişi va 2025 yilda qanday bölişi kutilayotgani haqida ma’lumot berdi.
Sentyabr – kuz faslining birinçi oyi, ammo Özbekistonda u köpinça ob-havo şaroiti jihatidan biroz yumşoqroq harorat fonida, yozning avgustiga öxşaşroq kuzatiladi.
Sentyabr oyini baxmal mavsumi deb ataş ham mumkin. Ertalablari tetiklantiruvçi salqinlik, iliq, ammo issiq bölmagan kunlar ob-havo şaroitini mamlakatimiz aholisi va mehmonlari uçun qulay qiladi.
Iqlimiy kuzatuv ma’lumotlariga köra, respublika hududining katta qismida oyning birinçi yarmida örtaça kunduzgi harorat +30...+33 darajani, oyning ikkinçi yarmida esa +26...+29 darajani taşkil etadi.
Sentyabr oyining eng iliq kunlarida termometr ustuni +35...+37 darajagaça, janubda +39...+40 darajagaça kötariladi.
Sentyabr oyida respublika hududining katta qismida mutlaq maksimal harorat +37...+40 darajani, şimolda, janubda va çöl hududlarda ba’zi joylarda +41...+43 darajani taşkil etadi.
Toşkentda meteorologik kuzatuvlarning barça yillari uçun sentabr oyidagi eng yuqori harorat 2013 yil 25 sentabrda qayd etilgan bölib, u +40 darajani taşkil etgan.
Sentyabr oyida kunduzgi harorat +22...+25 darajagaça, ba’zan esa undan ham pastroq bölgan davrlar har yili ham kuzatilmaydi va odatda u juda qisqa muddatli böladi.
Ayrim yillarda respublika böyiça ba’zi joylarida (eng çekka janubiy hududlar va Farğona vodiysidan taşqari) sentabr oyining sönggi ön kunligida havoda erta kuzgi sovuqlar kuzatiladi.
Eng sovuq (me’yordan 2–3,5 darajaga past) sentabr oylari 1930 va 1931 yillarda, sönggi ön yillikda esa 1992 va 1994 yillarda qayd etilgan.
Eng iliq (me’yordan 1,5–3,5 darajaga yuqori) sentabr oylari esa 2013, 2016, 2021, 2022 yillarda, ya’ni uşbu asrda kuzatilgan bölib, bu global isiş tendensiyasiga mos keladi.

Özbekistonda sentabr – yilning eng quruq oylardan biridir. Sentyabr oyida yomğir kamdan kam (oyiga 1–3 marta) yoğadi.












