31 avgust kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Tyanszin şahridagi "Meytszyan" kongress markazida Şanhay hamkorlik taşkiloti sammitining norasmiy tadbirlarida iştirok etdi.

Tadbirlarda XXR raisi Si Jinping, RF prezidenti Vladimir Putin, belaruslik Aleksandr Lukaşenko, Hindiston boş vaziri Narendra Modi, Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif, Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Möğuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, şuningdek Misr, Kambodja, Nepal, Armaniston hukumatlari rahbarlari hamda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş kotibi Antoniu Guterriş ham qatnaşdi.

Özbekiston rahbari va rafiqasini Xitoy raisi Si Jinping va rafiqasi samimiy kutib oldi.

Şundan söng xorijiy yetakçilarga Şanhay hamkorlik taşkilotining Tyanszin sammitiga bağişlangan konsert dasturi namoyiş etildi.