Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parubiyning o‘ldirilishi: SBU gumondor qo‘lga olingani haqida xabar berdi
Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenko va SBU rahbari Vasil Malyuk Zelenskiyga Andrey Parubiy qotilligida gumonlanuvchining qo‘lga olingani haqida xabar berdi.
Oliy radaning sobiq spikeri Andrey Parubiyning o‘ldirilishida gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 1 sentabr, dushanbaga o‘tar kechasi Telegramʼda ma’lum qildi va bu ma’lumotni unga Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenko va Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasil Malyuk taqdim etganini ta’kidladi.
«Kerakli tergov harakatlari davom etmoqda. Men mavjud ma’lumotlarni jamoatchilikka taqdim etishni buyurdim», — dedi Zelenskiy va «bu dahshatli qotillikning barcha holatlari aniqlanishi kerak» deya qayd etdi.
Shu bilan birga, SBU Telegramʼda erkak SBU xodimlari, Milliy politsiya va Bosh prokuratura ishtirokida Xmelnitskiy viloyatida qo‘lga olingani haqida xabar berdi. «Jinoyat fosh etildi va qo‘lga olish Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning shaxsiy nazorati ostida edi», — deyiladi postda.
Mavzuga oid
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
17:15 / 04.07.2026
Zelenskiy Putinni Konstantinovka bo‘yicha yolg‘on bayonot berishda aybladi
11:30 / 04.07.2026
Rinkevichs: Ukrainada tinchlikka Yevropa ishtirokisiz erishib bo‘lmaydi
09:50 / 04.07.2026