Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp o‘limi haqidagi mish-mishlarga birinchi marta izoh berdi
Oq uy rahbari mutlaqo sog‘lom ekaniga ishora qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar haqidagi mish-mishlar paydo bo‘lganidan so‘ng Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida o‘zini har qachongidan ham yaxshiroq his qilayotganini yozdi.
«Hayotimda hech qachon o‘zimni bunchalik yaxshi his qilmaganman», dedi u.
Bungacha Axios jurnalisti Barak Ravid Oq uyning yuqori martabali mulozimi bayonotiga tayanib, Donald Tramp mutlaqo sog‘lom ekanini ma’lum qilgandi.
29 avgust kuni AQSh vitse-prezidenti Jyeyms Vens agar Donald Trampga nimadir bo‘lsa, davlat rahbari bo‘lishga tayyorligini aytdi. Bu bayonot G‘arb ijtimoiy platformalarida faol muhokama qilindi, shundan so‘ng, Trampning o‘limi haqidagi mish-mishlar tarqaldi.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
20:36 / 04.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026