Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YHXX 2 sentabr kuni jamoat transportidan foydalanishga chaqirdi
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) aholini o‘quv yilining birinchi kunida shaxsiy avtomobillarga emas, balki jamoat transportiga ustunlik berishga chaqirdi.
Foto: Kun.uz
Qayd qilinishicha, 2 sentabr kuni maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq chalinadi va odatda ko‘chalarda tirbandliklar ko‘payadi.
«Shaxsiy avtotransport vositalarini boshqarish ayniqsa, shahar markazlarida ko‘plab tirbandliklarni yuzaga keltirishi mumkin. YHXX fuqarolardan bugungi kunda har tomonlama qulay va jozibador ko‘rinishga kelayotgan jamoat transportidan foydalanishni so‘raydi», deyiladi xabarida.
O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yili 2 sentabrdan, oliy o‘quv yurtlari va litseylarning 1-kurs talabalari uchun 3 sentabrdan, boshqa kurs talabalari uchun esa 8 sentabrdan boshlanadi.
Mavzuga oid
14:07 / 08.05.2026
12 ballni “urgan”lar 49 nafarga yetdi: yarmidan ko‘pi poytaxtda
18:21 / 07.05.2026
Prezident jamoat transportini aglomeratsiya tizimi asosida rivojlantirishni buyurdi
13:59 / 07.05.2026
Toshkentdagi avtobuslarda bugundan boshlab konditsionerlar yoqilmoqda
12:45 / 01.05.2026