Avgust oyi yakunlari böyiça Özbekistonda yillik inflatsiya 8,8 foizga baholandi. Statistika agentligiga köra, ötgan oyda iste’mol narxlari örtaça 0,4 foizga oşgan.
Meva-sabzavot narxlaridagi özgarişlarni inobatga olmaganda, yillik inflatsiya 9,4 foizni taşkil etmoqda.
Avgustda oziq-ovqat mahsulotlari 0,6% (yillik 6,7%)ga, nooziq-ovqat tovarlar 0,3% (6,6%)ga, xizmatlar ham 0,3% (16,2%)ga qimmatlaşdi.

Oziq-ovqatlar
Avgust oyida tuxum 2,7 foizga qimmatlaşdi (yillik nisbatda –6,6 foizga arzonlaşgan). Göşt mahsulotlaridan tovuq boldiri va son qismlari 2,1% (yillik 5,8%), qöy göşti 1,4% (28,5%), suyaksiz mol göşti 0,7% (25,7%), suyakli mol göşti 0,2% (24,9%)ga qimmatlaşdi.
“Respublika bozorlarida mol göştining arzonlaştirilgan narxlarda (1 kg uçun 65 000-75 000 söm oraliğida) faol sotilişi örtaça narxlar darajasiga ta’sir körsatdi va göşt narxining indeksi keskin oşib ketmasligiga sabab böldi”, – deyiladi Statistika agentligi izohida.
Avgust oyida narxi tuşgan asosiy oziq-ovqatlar quyidagilar: guruç –0,1% (yillik –17,2%), suli yormasi 0,2% (3,6%), oliy navli buğdoy unidan tayyorlangan non 0,2% (2,1%), karamel konfetlar 0,2% (3,4%) va ugra 0,4% (3,5%) arzonlaşdi.
Meva-sabzavotlar
Meva-sabzavot orasidan eng sezilarli özgariş 28,7 foizga (yillik 9,9%) qimmatlaşgan tarvuzda kuzatildi. Qovun 11,7% (3,7%)ga, karam 11,4% (46,5%)ga, kartoşka 3,5% (32,0%)ga, banan narxlari 2,8% (-7,0%)ga oşdi.
Narxi eng köp arzonlaşgan mahsulot esa momidor böldi: 16,8% (-34,7%). Şuningdek, oy davomida uzum 5,4% (-39,5%)ga, baqlajon 4,3% (-12,4%)ga, bodring 3,1% (-15,3%)ga, sabzi 3,1% (69,1%)ga, bulğor qalampiri 2,8% (-16,0%)ga, piyoz 2,3% (40,1%)ga, olma narxlari 1,0% (-16,6%)ga tuşişi kuzatildi.
Çiqindi, kommunal va ta’mirlaş
2025 yil avgust oyidan boşlab, Buxoro viloyatida maişiy çiqindilarni olib ketiş va Xorazm viloyatida köp qavatli uylarga xizmat körsatiş xizmatlari tariflari oşdi. Körsatilgan xizmatlarning oylik iste’mol indeksi respublika böyiça mos ravişda 103,0% va 100,3% ni taşkil etdi.












