Navoiy şahridagi Tinchlik Plaza mehmonxonasida eşik oğasi bölib işlovçi 21 yoşli yigit mijoz tomonidan kaltaklandi. Holat yarim tunda, mehmonxona hovlisida “PREZIDENT SOVG’ASI” deb yozilgan maşina oldida sodir bölgan. Uşbu maşina paralimpiada çempioni Elbek Sultonovga tegişli ekani ma’lum böldi. Eşik oğasini sportçi bilan birga kelgan şaxs urgan.
Navoiy şahridagi Tinchlik Plaza mehmonxonasi xodimi mijoz tomonidan kaltaklandi. Kun.uz’ga uşbu holat aks etgan videolavha kelib tuşdi.
Videolavhada körinişiça, janjal 21 avgust kuni yarim tunda mehmonxona hovlisida, “PREZIDENT SOVG’ASI” deb yozilgan maşina oldida sodir bölgan. Mehmonxona xodimi, 2004 yilda tuğilgan M.U. mijoz bilan suhbatlaşib turgan, ularning oldiga maşinadan paralimpiada çempioni Elbek Sultonov tuşib kelgan. Şunda boyagi şaxs kutilmaganda M.U.ning yuz qismiga zarba bergan. Yigit zarba kuçidan yerga yiqilib qolgan.
Kun.uz M.U. bilan suhbatlaşdi. Uning ta’kidlaşiça, janjalga 150 ming söm pul sabab bölgan.
“Mehmonxonada eşik oğasi bölib işlayman. Öşa kuni sportçi Elbek Sultonov va uning şerigi, keyinçalik bilişimça Sardor ismli yigit restoranga mijoz sifatida kelişgandi. Ular çiqişayotganda ofitsiant menga “Bularga kassa körsatib yuboring, 150 ming söm tölovlari bor”, dedi. Ular taşqariga çiqişdi, ketidan çiqdim. Hozir bank kartasiga taşlab beramiz dedi, kutib turdim, ammo ofitsiant çiqavermadi. Şunda ular ketamizga tuşişdi. Ofisiant çiqib, orani oçmagunça kutib turişim kerak edi. Janjal şundan çiqdi. Sardor kutilmaganda urib taşladi”, deydi yigit.
M.U.ning qöşimça qilişiça, u qariyb 10 kunga yaqin şifoxonada yotib, davolangan. Biroq uşbu davrda urgan yigit kelib keçirim söramagan. Holat aks etgan video tarmoqlarda tarqala boşlagaç, şuningdek, olib borilayotgan tergov harakatlari ortidan zöravon M.U.ning uyiga borib, ota-onasidan keçirim söragan.
“Mehmonxonada birga işlaydigan yigitlar tez yordamga xabar berişgan. Tez yordan kelguniça urgan şaxslar qoçib ketgan. M.U.ning esa ahvoli oğirlaşgan. Hasan ismli hamkasbi Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialiga olib borgan. Navbatçi şifokor 1-2 ta dori-darmon qilib, jönatib yuborgan. Ertasi kuni yana ahvoli oğirlaşgan va ota-onasi qayta Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialiga olib borgan. U yerda neyroxirurg körib, IIBga xabar bergan. Bu orada urgan yigitning şerigi, ya’ni sportçi kelib, şifokor bilan gaplaşib ketgan. M.U. duşanba kuni “Böyin yumşoq töqimalari lat yeyişi. Asteno-nevrotik sindrom” taşxisi bilan çiqarib yuborilgan. Juma kuni yana qayta kasalxonaga yotqizildi. Boş miyasini MRT qilib, tekşirib kördik, unda yaqqol boş miya çayqaliş holati bor edi












