2020 yildan buyon Korrupsiyaga qarşi kuraşiş jamğarmasining (FBK) IT-direktori lavozimida işlab kelgan Vladislav Romansov 2025 yil 1 sentabrdan bu tuzilmani boşqarmoqda. Bu haqda xuddi şu kuni – 1 sentabr, duşanba kuni Telegramʼda FBK asosçisi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya ma’lum qildi. Uning tuşuntirişiça, Romansovdan oldingi FBK rahbari Ivan Jdanov özining «Samoye vajnoye» loyihasini işlab çiqişga e’tibor qaratmoqçi.
Vladislav Romansov Aleksey Navalniy jamoasiga 2013 yilda Moskva merligiga saylov kampaniyasida köngilli sifatida qöşilgan edi. Keyin u sotsiologiya bölimi işida iştirok etdi va universitetni tugatgaç, Fondning IT-bölimida işladi, deb eslaydi Yuliya Navalnaya.
Öz navbatida, Romansov X ijtimoiy tarmoğida «Alekseyning faoliyatini hozir Yuliya Navalnaya bilan birga davom ettiriş u uçun katta şaraf va ulkan mas’uliyat» ekanini ta’kidladi.











