Isroil mudofaa vaziri Israel Kats Isroil armiyasi va razvedkasini «benuqson» operatsiya bilan tabrikladi. U tadbir qaçon va qayerda ötkazilgani haqida batafsil ma’lumot bermagan, biroq Isroil mudofaa kuçlari avvalroq öz samolyotlari şanba kuni Ğazo şahrining Al-Rimal tumanida «asosiy terrorçi»ga hujum qilganini ma’lum qilgan, şundan söng OAV nişon Ubayda bölgani haqida xabar bergan.
Hamas uning ölimini rasman tasdiqlamadi, biroq Isroilning Ğazo şahridagi turar joy binosiga bergan zarbalari oqibatida önlab tinç aholi vakillari halok bölgani va yaralanganini ma’lum qildi.
Yakşanba kuni Kats Ubaydaning boşqa köplab «jinoiy şeriklari» «Ğazodagi kampaniyaning kuçayişi» munosabati bilan nişonga olinişi haqida ogohlantirdi, bu Isroil tomonidan Ğazo şahrini egallaş rejasini nazarda tutadi.
TSAHAL va Isroilning Şin-Bet maxsus xizmati Abu Ubayda nişonga olingan şanba kungi zarbalar haqida batafsilroq ma’lumot berdi.
Qöşma bayonotda ular operatsiya «Ubaydaning yaşiringan joyini aniqlagan [Şin-Bet] va TSAHAL razvedka boşqarmasi tomonidan töplangan razvedka ma’lumotlari şarofati bilan ötkazilgani»ni aytişdi.
Beşta raketa bir vaqtning özida ikki xil yönalişdan olti qavatli turar joy binosining ikkinçi va uçinçi qavatlariga uçib borgan.
Hujumga uçragan kvartiradan stomatologiya xonasi sifatida foydalanilgan. Guvohlar zarba natijasida havoga yuz minglab dollarlik banknotlar soçilib ketganini aytişgan. Xabar qilinişiça, katta miqdordagi pullar atrofdagi aholi tomonidan talon-toroj qilingan, biroq keyinçalik Hamas pullarni qaytarib olgan.
Abu Ubayda taxallusi bilan maşhur bölgan Hutayf al-Kahlutning öldirilişi guruh uçun jiddiy ramziy zarba hisoblanadi.
Doim yuzini niqoblagan holda köriniş bergan, Isroil va okkupatsiyaga qarşi çiqişlari bilan tanilgan Abu Ubayda Hamas harbiy qanotining Ğazoda omon qolgan sönggi maşhur şaxslaridan biri va butun Yaqin Şarq böylab Hamas tarafdorlarining kumiri edi.
Isroil mudofaa armiyasi va Şin-Betning qöşma bayonotida ham Ubayda «Hamas terrorçilik taşkilotining taniqli şaxsi bölgani» va «Hamas taşviqoti bilan şuğullangani» aytilgan.
Taxminan 40 yoşlarda bölgan Abu Ubayda juma kuni sönggi nutqida garovga olingan qolgan isroilliklarning taqdiri Hamas jangçilari taqdiri bilan bir xil bölişini aytgan va Isroilni Ğazo şahriga rejalaştirilgan bosqin oqibatlaridan ogohlantirdi.











