Prezident Şavkat Mirziyoyev Pekin şahriga taşrif doirasida “China National Petroleum Corporation” (CNPC) kompaniyasi direktorlar kengaşi raisi Day Xoulyan bilan uçraşdi.
Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi uglevodorod xomaşyosini qazib oliş va qayta işlaş böyiça yuqori texnologik loyihalarni mamlakat içida va taşqi bozorlarda amalga oşirişga ixtisoslaşgan dunyoning eng yirik energetika kompaniyalaridan biridir. Kompaniyaning bozor kapitallaşuvi 200 milliard dollardan ziyod.

Uçraşuvda mamlakatimizga CNPC kiritgan investitsiyalar hajmi 5 milliard dollardan oşgani ta’kidlandi. Xitoy kompaniyasi bilan investitsiyaviy hamkorlik portfelini kengaytiriş va yerosti tabiiy gaz saqlaş inşootlarini quriş, infratuzilmani modernizatsiya qiliş, zamonaviy metrologik standartlar hamda innovatsion yeçimlarni joriy qiliş loyihalarini ilgari suriş rejalari körib çiqildi.
Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev “China National Nuclear Corporation” (CNNC) raisi Şen Yanfen bilan uçraşdi.

Xitoy milliy yadro korporatsiyasi fuqarolik yadro dasturlari sohasidagi eng yirik davlat korxonasidir. Kompaniya uranni qidiriş va boyitişdan tortib, Xitoy va xorijda atom elektr stansiyalarini qurişgaça bölgan loyihalarning töliq zanjirini amalga oşiradi.
Uçraşuv avvalida davlat rahbari “CNNC” raisi va jamoasini Xitoy atom sanoatining 70 yilligi bilan qutladi. Muloqot davomida Özbekistonda istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Xitoy kompaniyasining zamonaviy texnologiyalar transferi va uran konlarini özlaştirişdagi iştiroki, istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv işlarini olib boriş, şuningdek, tinç atom sohasida kooperatsiyani kengaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyev “Henan Investment Group” kompaniyasi boş direktori Çju Xunbin bilan uçraşdi.












