Materialda ta’kidlanişiça, Yaponiya hukumati 2026 yilda ilk bor Yaponiya va Markaziy Osiyoning beş davlati Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston adliya vazirlari sammitini ötkaziş rejasi haqida ma’lum qildi. "Bu taşabbus orqali Yaponiya qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qiliş kabi muhim qadriyatlarni mustahkamlaş hamda mintaqada barqaror hamkorlik muhitini şakllantirişga intilmoqda", – deyilgan materialda.
"2025 yil aprel-may oylarida Yaponiya adliya vaziri Keysuke Suzuki Özbekiston va Qirğizistonga qilgan taşrifi natijasida kelgusida hamkorlikda beş mamlakat vazirlari bilan yangiça muloqot mexanizmlari joriy etiş borasida kelişuvga erişgan edi", – deb xabar qilingan materialda.
Yaponiya gazetasi, şuningdek, AQŞning Markaziy Osiyo bilan aloqalarni mustahkamlaşga katta qiziqiş bildirayotgani urğulangan.
"AQŞ ham Markaziy Osiyo bilan aloqalarni kuçaytirişga intilayotgan davlatlardan biri hisoblanadi. Sobiq AQŞ prezidenti Jo Bayden 2023 yil 19 sentabr kuni Nyu-Yorkda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan "S5+1" formatida uçraşdi.
Ma’lum qilinganidek, Yaponiya sobiq boş vaziri Fumio Kişida 2024 yil avgust oyida "Markaziy Osiyo+Yaponiya" sammitini ötkazişi va keyinçalik mamlakatda ehtimoliy megazilzila sodir bölişi xavfi sabab sammit qoldirilgan edi.
Maqola xulosasida, "Yaponiya Markaziy Osiyo bilan qonun ustuvorligi, inson huquqlari, diplomatiya va sud-huquq sohalaridagi hamkorligini kengaytirişga qaratilgan sa’y-harakatlarini jadallaştirmoqda. Bu Yaponiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqiş istagini ifodalaydi", – deb yozilgan.











