Hukumat qarori bilan «Yerosti suv oliş inşootlarini suv hisoblaş vositalari bilan jihozlaşni röyxatga oliş va muhrlaş böyiça davlat xizmatini körsatiş» ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga köra, u davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali körsatiladi.
Suv hisoblaş vositalari bilan jihozlanmagan yerosti suv oliş inşootlaridan foydalaniş taqiqlanadi.
Yerosti suv oliş inşootlaridan olinayotgan suv hisobini yuritiş uçun faqat Özbekiston Respublikasida ölçaş vositalari davlat reyestriga kiritilgan turlardagi suv hisoblaş vositalarining örnatilişiga yöl qöyiladi.
Suv hisoblaş vositalari nasosli quduqlarda suv çiqişini boşqariş qurilmasidan oldin, favvorali quduqlar va buloqlarda boşqariş qurilmasidan keyin örnatilişi lozim.
Davlat xizmati körsatilgani uçun BHM 50 foizi miqdorida yiğim undiriladi.
Hududiy gidrogeologiya stansiyalari va tuman (şahar) soliq inspeksiyalari sörovnoma yuborilgaç, 10 kun muddatda yerosti suv oliş inşootlarida örnatilgan suv hisoblaş vositalarini röyxatga oladi va muhrlaydi.











