Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Belgiya Falastinni tan oladi

Belgiya şu oyda bölib ötadigan BMT Boş assambleyasida Falastin davlatini tan oladi. Bu haqda mamlakat taşqi işlar vaziri Maksim Prevot ma’lum qildi.

«Bu Isroil xalqini jazolaş haqida emas, balki uning hukumati xalqaro va humanitar huquqqa rioya qilişi hamda vaziyat joyida ijobiy tomonga özgarişi uçun harakat qiliş haqida», deydi vazir.

Şuningdek, Belgiya milliy darajada 12 ta qat’iy sanksiya joriy qiladi. «Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: mustamlakalardan keladigan mahsulotlarni import qilişni taqiqlaş, isroillik kompaniyalar bilan davlat xarid siyosatini qayta körib çiqiş, xalqaro huquqqa köra noqonuniy mustamlakalarda yaşayotgan belgiyaliklarga konsullik yordamlarini çeklaş, sud ta’qiblari ehtimoli, uçiş va tranzitga taqiq, mamlakatda ikki ekstremistik isroillik vazirni, bir neça zöravon köçmançilarni va Hamas rahbarlarini «persona non grata» röyxatiga kiritiş…»

Bundan taşqari, Belgiya Yevropa darajasida Isroil bilan hamkorlikni töxtatişga qaratilgan çoralarni qöllab-quvvatlaydi. «Buning uçun malakali köpçilik ovozi kerak böladi. Bunga Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya bitimini töxtatiş, ilmiy-tadqiqot dasturlarini, texnik hamkorlikni töxtatiş va hokazolar kiradi».

OAVning yozişiça, Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlari şanba kuni Kopengagenda bölib ötgan yiğilişda Ğazo uruşi böyiça ikkiga bölingan: ba’zilari Ittifoqni Isroilga jiddiy iqtisodiy bosim ötkazişga çaqirdi, boşqalari esa bunday çoralarni qat’iy rad etdi.

Prevotning aytişiça, Belgiya Isroil hukumati va Hamasga bosimni kuçaytiriş qarorini qabul qildi. Ğazodagi uruşi uçun tobora köproq xalqaro tanqid ostida qolayotgan Isroil esa yevropalik ittifoqçilarining Falastin davlatini rasman tan oliş va’dalaridan ğazabda.

Ukraina dronlari

Ukraina Mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi dronlar yordamida Rossiya bosib olgan Qrimdagi Gvardeyskoye aerodromida Rossiyaning ikkita MI-8 vertolyoti yöq qilinganini xabar berdi.

Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga köra, foydalanişdan çiqarilgan vertolyotlarning taxminiy narxi 20 milliondan 30 million dollargaça. Bundan taşqari, Sevastopol körfazida buksir kateri — ehtimol BUK-2190 yöq qilingan.