4 sentabr, payşanba kuni Fransiyada «Köngillilar koalitsiyasi» doirasida 30 ga yaqin davlat vakillari iştirokida Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça keyingi harakatlar va Kiyev uçun uruşdan keyingi xavfsizlik kafolatlariga bağişlangan uçraşuv bölib ötadi. Bundan taşqari, prezident Emmanuel Makronning e’lon qilingan bayonotida aytilişiça, «Rossiyaning tinçlik örnatişdan qat’iy boş tortişi oqibatlarini tahlil qiliş» rejalaştirilmoqda.
Yelisey saroyining xabar berişiça, uçraşuv gibrid formatda ötkaziladi, ya’ni ba’zi iştirokçilar Parijda jismonan hozir böladi, boşqalari esa ularga onlayn qöşiladi. Unga Makron va Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer raislik qiladi. AFP agentligi va "Suspilne" telekanaliga köra, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy öşa kuni Yevropa yetakçilari bilan uçraşiş uçun Parijga keladi.
Germaniya hukumati hozirça jurnalistlarga Germaniya kansleri Fridrix Mers rejalaştirilgan sammitda iştirok etadimi yoki yöqmi, iştirok etsa, qanday formatda qatnaşişi haqida ma’lumot bera olmadi.











