Germaniya kansleri Fridrix Mersning sözlariga köra, Ukraina va Rossiya prezidentlari Volodimir Zelenskiy va Vladimir Putin örtasidagi töğridan töğri muzokaralar Jyenevada bölib ötişi mumkin. 2 sentabr, seşanba kuni Berlinda Şveytsariya prezidenti Karin Keller-Zutter bilan ötkazgan qöşma matbuot anjumanida Mers «Jyeneva öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişiş uçun mos joy bölardi», dedi.

Germaniya hukumati rahbari 4 sentabr kuni Parijda gibrid formatda bölib ötadigan Ukraina böyiça «köngillilar koalitsiyasi» yiğilişi çoğida Şveytsariyaning uşbu şahrida bunday sammit ötkaziş taklifini bildirişini ta’kidladi. Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham Putin va Zelenskiy örtasidagi muzokaralarni Jyenevada ötkaziş tarafdori ekanini aytgandi.

Keller-Zutter, öz navbatida, Şveytsariya hukumati Jyenevada Zelenskiy va Putin örtasidagi ikki tomonlama uçraşuvni taşkil etişga tayyorligini aytdi. Uning sözlariga köra, köplab xalqaro taşkilotlarning ofislari joylaşgan şahar tinçlik muzokaralari uçun «ideal». «Bu odamlar heç bölmaganda oldinga bir qadam qöyilişi va uruşni töxtatişi uçun bir-biri bilan gaplaşişi juda muhim», deb ta’kidladi Şveytsariya prezidenti. «Lekin, albatta, bu barça tomonlarning muzokaralar stoliga ötirişga tayyorligiga boğliq böladi», — deydi u.