Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Eron Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Eron tashqi ishlar vazirining yordamchisi bilan Afg‘oniston yo‘nalishidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Eron tashqi ishlar vaziri yordamchisi - Janubiy Osiyo bo‘yicha departamenti direktori Muhammad Rizo Bahromiy bilan uchrashdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida Afg‘oniston yo‘nalishidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlik mavzulari muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi muntazam va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini tasdiqladi hamda ikki va ko‘p tomonlama formatlarda muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
23:40 / 20.12.2025
Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi
13:46 / 19.12.2025
Germaniya 535 nafar afg‘onistonlikni qabul qiladi
14:51 / 18.12.2025
Afg‘oniston yetakchi: O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelganlar soni keskin oshdi
21:23 / 04.12.2025