Isroilning uruş olib borişi köp hollarda AQŞning qöllab-quvvatlaşiga boğliq deb qaraladi. Ammo raqamlar va tahlillar şuni körsatadiki, Isroil iqtisodiy va harbiy jihatdan mustaqil salohiyatga ega. Biroq psixologik omil hal qiluvçi: arab davlatlari Isroil ortida AQŞ turişini bilganidan unga bevosita hujum qilmaydi. Şu sababli AQŞning çekinişi vaziyatni tubdan özgartirişi mumkin. Bu haqda “Geosiyosat”da tahlilçilar Kamoliddin Rabbimov va Şavkat Ikromov söz yuritadi.

Şavkat Ikromov: Agar Qöşma Ştatlar bir kunda bu uruşdan çiqib ketsa, ya’ni Isroilni harbiy, moliyaviy, siyosiy va ğoyaviy jihatdan qöllab-quvvatlaşni töxtatsa uruş darhol tugaydi deb öylaydi. Biroq masalani raqamlar orqali tahlil qilsak bu unçalik töğri emas.

AQŞning Isroilga yillik yordami 3,8 milliard dollarni taşkil etadi (2024-2025 yillar statistikasi). Isroilning yalpi içki mahsuloti 500 milliarddan, yillik budjeti esa 100 milliarddan ortiq. Demak AQŞ yordami Isroil YaIMning 1 foizidan, budjetining esa 1,5 foizidan ham kam. Şunday ekan, Isroil faqatgina AQŞ yordamiga tayanib yaşayapti, deb bölmaydi. Uning iqtisodi mustaqil va mintaqadagi eng qudratli iqtisodiyot hisoblanadi. Harbiy nuqtayi nazardan ham Isroil Yaqin Şarqda eng kuçli davlatdir. U öz qurol-yaroğining katta qismini özi işlab çiqaradi, harbiy sanoati intellektual salohiyatga tayangan. Faqat ayrim texnik tizimlar, jumladan “Temir gumbaz”, AQŞning razvedka va texnik kömagiga ehtiyoj sezadi. Mutaxassislar fikriça, agar AQŞ yordamni töxtatsa, Isroil bir yildan ortiq mustaqil ravişda bunday tizimlarni töliq işlata olmaydi. Xalqaro darajada esa AQŞning çiqişi BMT uçun katta buriliş böladi. Veto huquqidan foydalaniş imkoniyati yöqolgaç, Isroilga qarşi qat’iy qarorlar va sanksiyalar qabul qilinişi osonlaşadi. Yevropa davlatlari ham Isroilni yakkalatişga intiladi, biroq bu jarayon sekin keçadi, çunki Yevropada Isroil lobbisi kuçli.

Mintaqa miqyosida arab davlatlari va Eron omili muhim. Lekin tarix şuni körsatadiki, arab davlatlari 1948 yildan buyon Isroil masalasida keskin çoralar körmagan. Eron va Turkiya esa zudlik bilan jiddiy qadam taşlaşi ehtimoldan yiroq. Xulosa şuki, AQŞning qöllab-quvvatlaşni töxtatişi Isroilni darhol uruşni töxtatişiga asos bölmaydi. Biroq xalqaro bosim kuçayişi, Yevropa va BMTning çoralar körişi ehtimoli ortadi. Isroil esa öz diplomatiyasi orqali yangi ittifoqçilar topişga urinadi.

Kamoliddin Rabbimov: Isroil masalasida eng muhim omil psixologik faktor. Arab davlatlari Isroilga bevosita hujum qilmaydi, çunki uning ortida AQŞ turişini yaxşi biladi. Tarixga nazar taşlasak, Isroil va arab davlatlari örtasida bir neça bor uruşlar bölgan. Öşa paytda Sovuq uruş davri edi: AQŞ Isroilni texnologik va harbiy jihatdan qöllab-quvvatladi, arab davlatlarini esa Sovet Ittifoqi qölladi. 1967 yilgi uruş ham bunga yaqqol misol. Bugun esa mintaqa rahbarlari şunday fikrda: “Agar Isroilga tegsak, AQŞ darhol barça qudrati bilan aralaşadi.” Şu bois, agar AQŞ Isroilni taşlab qöysa, Isroilning uzoq vaqt bardoş berişi qiyin böladi. Çunki mintaqadagi bir qator davlatlarning iqtisodiy va harbiy salohiyati Isroildan yuqori. Masalan, Turkiya: aholisi, hududi, armiyasi va resurslari jihatidan Isroildan ança kuçli. Yaqinda Eron ham “Temir gumbaz”ni yorib ötdi. Turkiya xohlasa, Isroilni qisqa fursatda jiddiy zaiflaştira oladi. Iqtisodiy körsatkiçlarga qarasak, Isroil YaIM qariyb yarim trillion dollar atrofida. Saudiya Arabistonining YaIM esa bir trillionga yaqin, Turkiyaniki ham şunça. Demak, köp davlatlarning iqtisodiy imkoniyatlari Isroildan ikki baravar yuqori. Isroilning kuçi köproq AQŞning çeksiz texnologik, razvedka va harbiy yordami evaziga şakllangan. Ronald Reagan davrida (1980-yillar oxirida) AQŞ Isroilni NATOdan taşqari “asosiy ittifoqçi” maqomida tan olgan edi. Ya’ni NATO a’zoligiga kiritmagan bölsa-da, unga deyarli şunday kafolatlarni bergan. Şu sababli agar ertaga AQŞ hokimiyatiga boşqa rahbar kelib, “Isroilni himoya qilmaymiz” desa, Isroil oğir bosim ostida qoladi. Hatto uruş boşlanmasdan ham mamlakat özini xavfsiz his qilmay qolişi mumkin. Yana bir masala: “Agar AQŞdan yuz ögirsa, Isroil boşqa hamkor topadimi?” degan savol. Bu deyarli mumkin emas. Na Xitoy, na Rossiya, na Yevropa Ittifoqi AQŞning örnini bosib, Isroilga homiy böla olmaydi.