«Köngillilar koalitsiyasi» tarkibiga kiruvçi Yevropa davlatlari Ukraina uçun uruşdan keyingi xavfsizlik kafolatlarini tayyorlab qöygan hamda Kiyev va Moskva tinçlik bitimi imzolangandan keyin ularni berişga tayyor böladi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 3 sentabr, çorşanba kuni Parijda ukrainalik hamkasbi Volodimir Zelenskiyni qabul qiliş çoğida aytib ötdi, deb yozadi dpa.

Makronning sözlariga köra, Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari Vaşingtondagi Ukraina böyiça avgust sammitidan söng «köngillilar koalitsiyasi» harbiy rahbariyati tomonidan birgalikda tayyorlangan. «Mamlakatlarning bugun kunning ikkinçi yarmida mudofaa vazirlari darajasida qat’iy maxfiylikda tayyorlangan, hujjatlaştirilgan va ma’qullangan hissalari şuni aniq aytişga imkon beradi: bu iş yakunlandi va endi siyosiy jihatdan tasdiqlanadi», dedi Fransiya prezidenti.

4 sentabr kuni Parijda gibrid rejimda bölib ötadigan «köngillilar koalitsiyasi» yiğilişida uşbu kafolatlar muhokama qilingandan söng, «biz Ukraina va yevropaliklar uçun mustahkam, uzoq muddatli tinçlikka tayyormiz», deb aytiş mumkin böladi», dedi Emmanuel Makron.