Muloqot davomida Özbekiston va Malayziya ayol tadbirkorlari örtasidagi şeriklik aloqalarini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

IWEM prezidenti Norazizax Borxan Özbekiston ayollarini tadbirkorlikka öqitiş va amaliy könikmalarini yanada rivojlantiriş maqsadida özbek tomoni bilan hamkorlik qilişga yuqori qiziqiş bildirdi.

U Özbekistonda tadbirkor ayollarning salohiyatini yanada oşiriş dasturini birgalikda işlab çiqişni taklif qildi. Uşbu dastur biznes könikmalarini rivojlantiriş, raqamli tadbirkorlikni özlaştiriş, rahbarlik va muzokara olib boriş qobiliyatlarini şakllantiriş, öz brendini yaratiş hamda xalqaro savdoga tayyorgarlik köriş kabi vazifalarni qamrab oladi. 

Malayziya tomoni, şuningdek, Özbekistonda ayollar biznesi va tadbirkorligini rivojlantiriş, Özbekiston-Malayziya qöşma sammitni ötkaziş, ayol trenerlar va spikerlar almaşinuvi dasturini yölga qöyiş, ayollarni tadbirkorlikka öqitiş va rivojlaniş markazini taşkil etiş kabi taşabbuslarni ilgari surdi.

Muloqot davomida "ASeAN-Markaziy Osiyo özgarişlar yaratuvçi ayollar mukofoti" kabi platforma yaratiş xususida fikr almaşildi.  

Uşbu taşabbuslar bilan batafsil taniştiriş va ularni amalga oşiriş yöllarini muhokama qiliş maqsadida şu yil sentabr oyida IWEM va Malayziya ta’lim provayderlari uyuşmasi vakillari iştirokida Kuala-Lumpur şahrida davra suhbatini ötkazişga kelişib olindi.