Topografik s’yomka işlari uçun maxsus samolyot va aerofotokamera, 112 ta uçuvçisiz uçiş vositalari (dron) bilan ta’minlandi hamda sohani raqamlaştiriş uçun 6 ta axborot tizimi va ma’lumotlar markazi işga tuşirildi. Uç yil davomida 96 foiz yerlarning elektron xaritasi yaratildi. Olib borilgan tizimli işlar natijasida zaxiradagi 1,2 million gektar qişloq yerlariga kadastr hujjatlari rasmiylaştirilişi hisobiga 675 ming aholi va fermerlarga 425 ming gektar yerlar bölib berildi.

Respublikadagi yer fondi toifalari böyiça hududlar kesimida monitoring işlari va xatlovlar amalga oşirilmoqda. Sönggi yillarda yer resurslarini samarali boşqariş, ulardan oqilona foydalaniş yangi bosqiçga çiqdi. Buning natijasida mamlakatdagi barça yer maydonlarida bosqiçma-bosqiç xatlov ötkazilmoqda.  

Qişloq xöjaligi yer toifasida bölgan, amalda sanoat yoki boşqa maqsadlarda foydalanilayotgan yer maydonlarini töliq xatlovdan ötkaziş hamda hukumat komissiyasiga takliflar kiritiş böyiça Respublika aerogeodeziya markazi yetakçi mutaxassislari tomonidan yer maydonlari xatlovdan ötkazildi va elektron xaritalari yaratildi.  

Yer maydonlarini xatlovdan ötkaziş işlarini sifatli amalga oşirişda tabiiyki, yuqori aniqlikdagi ölçovçi uskunalar va texnologiyalarni qöllaş talab etiladi.

Uşbu işlarni taşkil qiliş uçun Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan Tecnam P2006T rusumli samolyotda olingan aerofotosuratlar yordamida ortofoplanlar tuzilib, xaritaga olinayotgan hududlardagi har bir obekt yuqori aniqlikda mavzuli deşifrovka qilinadi. Bu barça yerdan foydalanuvçilarning haqiqiy çegaralarini tasvirlab beriş imkoniyatini beradi. Bundan taşqari xaritaga olinayotgan hududlarda obektlarning davriy özgarişlarini ham aniqlaş mumkin.  

Hozirgi kunga qadar Qoraqalpoğiston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari böyiça yer hisobida körsatilgan yer maydonlarining amaldagi holati örganildi. Xorazm viloyatidagi yer fondining barça 8 ta toifasi böyiça yer resurslarining hisobotda aks ettirilişi va ulardan amalda foydalanilişi böyiça aniqlangan ma’lumotlarga köra, viloyat böyiça jami yerlar 608 ming 158 gektar körsatilgan bölsa, xatlov natijasida uşbu yer maydoni 618 ming 432 gektarni taşkil qilgan.  

Yer toifalarining özgarişi asosan qişloq xöjaligi yerlariga töğri kelib, hisobot böyiça qişloq xöjaligi fondida turgan yer maydonlari amalda yer fondining boşqa turlariga ötib ketgan. Jumladan, aholi punktlari yerlari, sanoat yerlari, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, suv yerlari va tabiatni muhofaza qiliş yerlari hisobiga ötgani aniqlangan.