Rossiya Xitoy hududida «Sila Sibiri - 2» gaz quvuri va Möğuliston orqali «Soyuz-Vostok» tranzit gaz quvurini quriş böyiça qonuniy kuçga ega memorandumni imzoladi. Bu haqda Pekinda uç davlat rahbarlarining muzokaralaridan söng «Gazprom» rahbari Aleksey Miller ma’lum qildi.
«Loyiha Rossiyadan Möğuliston orqali yiliga 50 milliard kub metr gaz yetkazib berişga imkon beradi», — deya Millerning sözlaridan iqtibos keltirgan «Interfaks». Tranzit kelişuvi 30 yil muddatga amal qilişi kutilmoqda.
Imzolaş Rossiya, Xitoy va Möğuliston rahbarlari – Vladimir Putin, Si Jinping va Uxnaagiyna Xurelsuxaning uç tomonlama sammiti fonida bölib ötdi. Bu formatdagi muzokaralar yettinçi marta ötkazildi.











