Nizomga köra, olib çiqilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlaş tovarlarning ixtiyoriy yoki soxta bojxona qiymatidan foydalanişga asoslanmasligi kerak.
Olib çiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlaş quyidagi usullar orqali amalga oşiriladi:
▪️ 1-usul: olib çiqiladigan tovarga doir bitimning qiymati böyiça;
▪️ 2-usul: aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati böyiça;
▪️ 3-usul: öxşaş tovarga doir bitimning qiymati böyiça;
▪️ 5-usul: qiymatlarni qöşiş asosida;
▪️ 6-usul: zaxira usul.
1-usul olib çiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlaşning asosiy usuli hisoblanadi.
Agar olib çiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlaşning 1-usulini qöllaş mumkin bölmasa, boşqa usullar ketma-ketlikda qöllaniladi.
Bojxona qiymatini aniqlaşning boşlanğiç nuqtasi har doim haqiqatda tölangan yoki tölanişi lozim bölgan qiymatni, ya’ni sotib oluvçi sotuvçiga tölagan yoki tölaşi lozim bölgan haqiqiy xarajatlarni belgilaş hisoblanadi.










