O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan muloqot chog‘ida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga qarashli laboratoriyalarni modernizatsiya qilish va ularni zamonaviy standartlarga moslashtirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Intertek kompaniyasi mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish va sertifikatlash bo‘yicha dunyodagi yetakchi transmilliy kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Kompaniya 100 dan ortiq mamlakatda 1000 dan ziyod laboratoriyaga egalik qiladi.











