Qöşma Ştatlar Rossiya bilan ziddiyat yuzaga kelgan taqdirda oldingi safda turişi mumkin bölgan Şarqiy Yevropa davlatlarining qurolli kuçlarini tayyorlaş va jihozlaş dasturini moliyalaştirişni töxtatadi. Pentagon vakillari bu haqda ötgan hafta yevropalik diplomatlarni xabardor qildi, deb xabar beradi Financial Times (FT) 4 sentabr, payşanba kuni.
FT ma’lumotlariga köra, bu AQŞ Mudofaa vazirligining 333-bölimga muvofiq dasturi bölib, unga köra Pentagon butun dunyo böylab ittifoqçi qöşinlarni öqitadi va jihozlaydi. Xarajatlar AQŞ Kongressi tomonidan tasdiqlanişi kerak, biroq Donald Tramp ma’muriyati dastur uçun qöşimça mablağ talab qilmadi. Ilgari ajratilgan mablağlar 2026 yil sentabr oyi oxirigaça mavjud böladi, deya aniqlik kiritadi naşr.
2018 yildan 2022 yilgaça Vaşington bu dasturga yevropalik hamkorlarni qöllab-quvvatlaş uçun 1,6 milliard dollar sarfladi, bu 333-bölim böyiça global xarajatlarning qariyb 29 foizini taşkil etdi. Mablağlarning asosiy oluvçilari Estoniya, Latviya va Litva edi.











