Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat korrupsion jinoyatlar ko‘paygan hududlarni ma’lum qildi
O‘tgan yili Andijon, Namangan, Toshkent, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida korrupsiyaga oid jinoyatlar soni oshgan. Iqtisodiyot va moliya vazirligi kiritgan hujjatlarda eng ko‘p korrupsiyaviy omil aniqlangan. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi esa loyihalarni korrupsiyaga qarshi ekspertizaga bermaslik bo‘yicha “chempion” bo‘lgan.
Foto: DXX videosidan kadr
Senat 5 sentabr kungi yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruzani ko‘rib chiqdi. Ma’ruzani Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi taqdim etgan.
Muhokamada senatorlar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida saqlanib qolayotgan kamchiliklarga e’tibor qaratdi.
Xususan, 2024 yilda respublika bo‘yicha sudlarda ko‘rilgan jinoyat ishlari tahliliga qaraganda, Andijon, Toshkent, Namangan, Sirdaryo viloyatlarida korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida davlat manfaatlariga eng ko‘p zarar yetkazilgan.
Korrupsiyaga oid jinoyatlar soni Andijon, Namangan, Toshkent, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida ortgan.
Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun sudlangan shaxslarning aksariyati maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash, tijorat banklari hamda bandlik tizimi xodimlariga to‘g‘ri keladi.


Adliya vazirligi tomonidan 2024 yilda 2 mingdan ortiq loyihalarning 222 tasida yoki 11 foizida 337 ta korrupsiyaviy omillar aniqlangan.
Korrupsiyaviy omillarning aksariyati Iqtisodiyot va moliya, Ekologiya, Qishloq xo‘jaligi, Oliy ta’lim vazirliklari tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlarda aniqlangan.
Korrupsiyaga qarshi ekspertizaga berilmagan loyihalarning ko‘pchiligi Investitsiyalar, sanoat va savdo (6 ta), Energetika, Qishloq xo‘jaligi hamda Tashqi ishlar (5 tadan) vazirliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.


Muhokamada Senat a’zolari jumladan quyidagi takliflarni ilgari surdi:
- korrupsion jinoyatlar oshgan davlat organlari va tashkilotlarida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar belgilash;
- korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish tizimi bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini faollashtirish;
- davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining ichki nazorat tuzilmalari xodimlariga qo‘shimcha vazifalar yuklatilishining oldini olish;
- ichki nazorat tuzilmalari tomonidan nazorat tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilishini ta’minlash, odob-axloq komissiyalarining faoliyatini kuchaytirish.
Avvalroq Namangan shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayev 60 ming dollar pora olganlikda ayblanib qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
09:47 / 20.12.2025
Mehnat inspeksiyasi hisoboti Senatda tanqid qilindi: nazorat 32 foizga kamaygan
18:17 / 18.12.2025
2026 yilda asosiy soliqlar bo‘yicha stavkalar o‘zgarmaydi
13:32 / 18.12.2025
Senat 2026 yilgi davlat budjetini ma’qulladi
10:00 / 14.12.2025