Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi
Ikrom Muslimov Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari – Sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Alisher Otaxonovich Usmonov (suratda) tayinlandi. Prezident administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari lavozimiga o‘tgan Nodira Hakimova Oliy sud sudyalari qatorini tark etdi.
Alisher Usmonov / Foto: Senat matbuot xizmati
O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – Sudlov hay’ati raisi Ikrom To‘xtamurodovich Muslimov lavozimidan ozod etildi.
Senatning 5 sentabr kungi qarori bilan, ushbu lavozimga Alisher Otaxonovich Usmonov 5 yil muddatga saylandi. U bungacha Namangan viloyati sudining raisi sifatida ishlab kelayotgandi.
Shuningdek, Senat qarori bilan, Nodira Jalolovna Hakimova Oliy sud sudyasi lavozimidan ozod etildi. U iyul oyida Prezident administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan, avgust oyida esa davlat rahbariga sud tizimidagi o‘zgarishlarni taqdimot qilgandi.
Mavzuga oid
10:22 / 13.12.2025
Nohaq sudlangan surxondaryolik yolg‘iz onaning ishi qayta ko‘rib chiqiladi
11:05 / 12.12.2025
“Yemagan somsamga pul to‘layapman” - surxondaryolik ayol tergov va suddan norozi
20:51 / 10.12.2025
O‘zbekistonda 11 oyda 184 kishi pora olgani uchun sudlandi
14:43 / 26.11.2025