Özbekistonning Livanga yangi tayinlangan elçisi Abdusalom Xatamov mamlakat prezidenti Jozef Aunga işonç yorliqlarini topşirdi. Elçining qarorgohi Ömon poytaxti Masqat şahrida joylaşgan.
Rasmiy marosimdan söng bölib ötgan muloqot çoğida Jozef Aun Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga Livan bilan ikki tomonlama aloqalarini rivojlantiriş maqsadida elçi tayinlagani uçun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Özbekiston elçisi, şuningdek, Livan taşqi işlar vaziri Yusuf Rajji bilan uçraşdi.
Tomonlar Livan va Özbekiston örtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarni rivojlantirişdan manfaatdor ekanini bildiriş barobarida, turli darajalardagi ikki tomonlama taşriflar taşkil qiliş, madaniyat kunlarini ötkaziş va özaro turistlar oqimini oşirişga qaratilgan tadbirlar uyuştiriş takliflarini qöllab-quvvatladi.
Abdusalom Xatamov 2024 yil 4 fevraldan buyon Özbekistonning Ömondagi elçisi sifatida işlamoqda.











