Polşa 2026 yilda «20 talik guruh» (G20)ga raislik qiladigan Qöşma Ştatlardan uni G20'ga taklif qilişni söradi. Bu haqda jurnalistlarga Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy ma’lum qildi, deb xabar berdi TVP World telekanali.
Mamlakat taşqi işlar vazirining qöşimça qilişiça, u Mayamidagi muzokaralar çoğida AQŞ davlat kotibi Marko Rubio bilan bu masalani allaqaçon muhokama qilgan va Polşada G20'ga qöşiliş uçun yetarli asoslar bor, deb hisoblaydi. «Biz nafaqat dunyodagi eng yirik 20 ta iqtisodiyotdan biri sifatida, balki siyosiy va intellektual argument taqdim etuvçi davlat sifatida ham bunga haqlimiz», dedi Sikorskiy.
Şu kuni avvalroq mamlakat boş vaziri Donald Tusk Polşa «trillioner davlat»ga aylanganini (yalpi içki mahsuloti 1 trillion dollardan oşgani), bor-yöği yigirmata davlatdan iborat «juda eksklyuziv klub»ga qöşilganini e’lon qildi. Telekanal keltirgan Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) ma’lumotlariga köra, 2025 yilda Polşa yalpi içki mahsuloti 980 milliard dollar atrofida böladi.











